Biz Haqimizda

2019-yilda asos solingan Mevazor International o’zbek mehnatkashlari va ishlab chiqaruvchilarining dunyo bozoriga chiqishini ta’minlashga bel bog’lagan. Biz avtomatlashtirilgan inshootlarda malakali mutaxassislar bilan jahon andozalari asosida mahsulotlar ishlab chiqaramiz. Bizning xomashyolar O’zbekiston bo’ylab yetishtiriladi va shu kungacha O’zbekiston quritilgan mevalari, yong’oq/bodom hamda dukkakli mahsulotlari Rossiya, Xitoy, Turkiya va Eron kabi davlatlarga yetkazib berilgan.

Hozirda, imkoniyatlarimizni yanada kengaytirishga harakat qilyapmiz, jumladan Janubiy Sharqiy Osiyo mintaqasida. Agar mahsulotlarimiz sizda qiziqish uyg’otgan bo’lsa, biz bilan Bog’lanish sahifasi orqali aloqaga chiqishga ikkilanmang.